🇺🇿 UZ 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU
Morgan's Matt Paste
Sochga tabiiy mattiviy ko‘rinish beruvchi turmak pastasi. Kremli teksturasi tufayli sochga oson surtiladi, turmakni tartibli shakllantirishga yordam beradi va ortiqcha yaltiroqlik qoldirmaydi. Brazilian Orange ifori mahsulotga yoqimli sitrus hid beradi.
1. Mativiy, tabiiy ko‘rinishdagi soch turmagini xohlaydiganlar uchun; 2. Sochiga yaltiroq effekt bermasdan shakl berishni istaydiganlar uchun; 3. Kundalik styling uchun; 4. Uy sharoitida va barber shop foydalanishi uchun; 5. Kremli, oson surtiladigan styling mahsulotini izlayotganlar uchun.
1. Creamy texture — sochga oson surtiladi va bir tekis taqsimlanadi; 2. Matt finish formula — sochga tabiiy, yaltiroqsiz ko‘rinish beradi; 3. Brazilian Orange fragrance — mahsulotga yoqimli sitrus ifor beradi.
Oz miqdorda pastani kaftga oling, qo‘llarda yengil ishqalang va quruq yoki biroz nam sochga surting. Sochga kerakli shakl bering. Kerak bo‘lsa, miqdorni asta-sekin oshiring.
Faqat tashqi qo‘llash uchun. Ko‘zga tegishidan saqlang. Allergik reaksiya yoki kuchli ta’sirlanish kuzatilsa, foydalanishni to‘xtating. Bolalardan yiroqda saqlang. Juda ko‘p miqdorda qo‘llash sochni og‘irlashtirishi mumkin.
Morgan’s
Ko'rsatilmagan
Narx: 300 000 so'm
Angliya
Izohlar (0)

Hali izoh yo'q